Tabiatga mehr — yurtga mehrning o’zagidir
20.11.2017
Zebolar bahsi 2013
20.11.2017

O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK xotin-qizlar kengashi, Personallarni tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda temir yo‘l tizimidagi o‘quv yurtlarida taxsil olayotgan istedodli talaba qizlar o‘rtasida «Zebolar bahsi» ko‘rik-tanlovini o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Ko‘rik-tanlov Nizomiga asosan Toshkent Temir yo‘l transporti muhandislari instituti, Toshkent, Samarqand, Quqon, Xovos temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejlari hamda Mirobod Akademik liseyining ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari bilan hamkorlikda 2014 o‘quv yilining oktyabr-noyabr oylari davomida tanlovning 1-bosqichi o‘quv yurtlari miqyosida o‘tkazildi. Ikkinchi bosqich 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi munosabati bilan o‘quv yurtlarida g‘olib bo‘lgan 4 nafar g‘olib talaba qizlar o‘rtasida joriy yilning 16 dekabr kuni Toshkent temir yo‘l transport muhandslari institutida o‘tkazildi.

«Zebolar bahsi» ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari uchta shart asosidabellashdilar. Har bir ishtirokchilarning chiqishlarini nufuzli xakamlar xayati odilona baholab bordi. «Zebolar bahsi» ko‘rik-tanlovi respublika bosqichida shartlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Ismailova Durdona I-o‘rin golibi deb topildi.

Shuningdek, ballar hisobida ishtirokchilar «Eng zukko ishtirokchi» Toshkent TYM institut talabasi Sodiqova Sarvinoz, «Eng yaxshi ijro uslubi uchun» Samarkand temir yo‘l transporti kasb-xunar kollej o‘quvchisi Elomonova Kamola, «Muxlislar mehrini qozongani uchun» Mirobod Akademik liseyi o‘quvchisi Yo‘ldosheva Durdona nominasiyalari bo‘yicha golib deb aniqlandilar. Golib va ishtirokchilar «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK xotin-qizlar kengashi hamda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining «Faxriy yorliq»lari va esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar.

Атаханова Замира

Начальник медико-социального отдела

Дорожной региональной организации ОКПУ