Zebolar bahsi
20.11.2017
Анонс – АКЦИЯ
20.11.2017

O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Temir yo’l mintaqaviy tashkiloti hamda «O’zbekiston temir yo’llari» DATK xotin-qizlar kengashi, Personallarni tayyorlash bo’limi bilan hamkorlikda temir yo’l tizimidagi o’quv yurtlarida tahsil olayotgan iste’dodli talaba qizlar o’rtasida «Zebolar bahsi» ko’rik-tanlovini o’tkazishni rejalashtirgan edi.


Ko’rik-tanlov Nizomiga asosan Toshkent Temir yo’l transporti muhandislari instituti, Toshkent, Samarqand, Qo’qon temir yo’l transporti kasb-hunar kollejlari hamda Mirobod Akademik liseyining ma’naviyat va ma’rifat bo’limlari bilan hamkorlikda 2013 o’quv yilining oktyabr-noyabr oylari davomida tanlovning 1-bosqichi o’quv yurtlari miqyosida o’tkazildi. Ikkinchi bosqich 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro xarakatining 150 yilligi munosabati bilan o’quv yurtlarida g’olib bo’lgan 5 nafar g’olib talaba qizlar o’rtasida joriy yilning 6 dekabr kuni Toshkent temir yo’l tarnsporti kasb-hunar kollejida o’tkazildi.

«Zebolar bahsi» ko’rik-tanlovi ishtirokchilari uchta shart asosida bellashdilar. Har bir ishtirokchilarning chiqishlarini nufuzli xakamlar xay’ati odilona baholab bordi. «Zebolar bahsi» ko’rik-tanlovi respublika bosqichida shartlar bo’yicha eng ko’p ball to’plagan ishtirokchi Toshkent temir yo’l transporti kasb-hunar kolleji o’quvchisi Mahzuna Qurbonova I-o’rin g’olibi deb topildi.

Shuningdek, ballar hisobida ishtirokchilar «Eng zukko ishtirokchi», «Eng latofatli ishtirokchi», «Muxlislar mehrini qozongani uchun», «Eng quvnoq ishtirokchi», «Eng yaxshi ijro uslubi uchun» nominasiyalari bo’yicha aniqlandilar. G’olib va ishtirokchilar «O’zbekiston temir yo’llari» DAK xotin-qizlar kengashi hamda O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Temir yo’l mintaqaviy tashkilotining «Faxriy yorliq» va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Muhtaram Yurtboshimiz I.A.Karimovning «Ayollarning jamiyatdagi mavqei va o’rnini ko’tarish bizning davlatchiligimizning ustuvor va asosiy yo’nalishlaridan biridir» degan so’zlarining o’zi ham ayol bilan jamiyat o’rtasidagi uzviy bog’liqlikning naqadar muhim ekanini isbotlab turadi.

«Zebolar bahsi» ko’rik-tanlovi ham temir yo’l tizimida xotin-qizlarga bo’lgan e’tibor va extiromni o’zida aks ettiradi.

Feruza Oripova.