Это должен знать каждый
20.11.2017
Волонтёрство от истоков до сегодняшнего дня
20.11.2017

O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo’l mintaqaviy tashkiloti tashabbusi bilan «Soglom bola yili» Davlat dasturi ijrosi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida»gi qarori, mazkur qaror ijrosi yuzasidan «O’zbekiston temir yo’llari» DATK boshqaruvi raisining buyrugi va O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Ustavi vazifalarini ijrosini ta’minlash maqsadida «Ma’naviyat – o’zlikni anglash» shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.


Mazkur tadbir temir yo’l tizimidagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj temiryo’lchilar, o’quv muassasalarning boquvchisini yo’qotgan talaba yoshlari, tashkilot volontyorlari va faol «Mehr-Shafqat xizmati» hamshiralaridan iborat 100 nafardan ziyod vakillarini yurtimizning tarixiy Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohati tashkil etish bilan bogliq bo’ldi. Ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlagan kompaniya rahbariyati safarni zamonaviy xizmat ko’rsatuvchi, barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan «Buxoro» va «Afrosiyob» tezyurar poezdlarida amalga oshirdi.

Asrlar qa’ridan so’ylaguvchi qadimiy Samarqand va Buxoroning muqaddas obidalari, masjidu-madrasalari butun dunyo ahlini hamon xayratga solib kelmoqda. Safar ishtirokchilari Samarqand shahridan uncha uzoh bo’lmagan Imom al-Buhoriy majmuasi, «Shohi-Zinda» ziyoratgohi, «Gўri Amir» mahbarasi, Registon maydoni, «Mirzo Ulugbek», «Tilla kori», «Sherdor» madrasalari bilan tanishdilar.

Shuningdek, Buxoro shahridagi Boxovuddin Naqshbandiy ziyoratgohi, «Mohi xossa» majmuasi, Ark, Somoniylar mahbarasi kabi tarixiy qadamjolar u yerdagi milliy hunarmandchilik buyumlari, tilla-qoshu, zebi-gardonlar, shoyi-atlaslaru, kamalak rangida tovlanuvchi adraslar, kulolchilikning ko’zni yashnatuvchi turfa xil mo’jizalari, ajdodlardan-avlodlarga meros bo’lib kelayotgan qadimiy, muqaddas buyumlarni tomosha qilib o’zgacha zavq oldilar.

Feruza ORIPOVA